Sobiq chempion Genri Sehudo bilan ishlagan murabbiy Eddi Cha vafot etdi. U 53 yoshda edi
Amerikalik murabbiy Eddi Cha 53 yoshida vafot etdi. Uning oʻlimi haqida seshanba kuni sobiq shogirdlari, hamkasblari va doʻstlari xabar berdi. Oʻlim sababi hozircha nomaʼlum.

U turli yillarda UFCʼning oʻnlab jangchilariga tayyorgarlik koʻrishda yordam bergan. Ular orasida turli vazn toifalarida chempionlik kamarini ikki bor qoʻlga kiritgan Genri Sehudo, «Koreys Zombisi» nomi bilan tanilgan koreyalik jangchi Chjan Son Chjon, shuningdek Veyli Chjan, Kelvin Gastelum, Treysi Kortes, Makkenzi Dern, Benson Henderson, Deyvison Figeyredu va Erik Anders bor. Channing soʻnggi ish joyi Glendeyldagi Fight Ready MMA zali boʻlib, u yerda u zarba texnikasiga ixtisoslashgan jangchilarni tayyorlash uchun masʼul edi.
Cha Koreyada tugʻilgan, ammo hali bola paytidayoq Kaliforniyaga kelib qolgan. U jang sanʼatlari bilan shugʻullanishni toʻrt yoshida boshlagan: uning murabbiyi shaolin kung-fusidan yettinchi dan sohibi boʻlgan otasi edi. Keyinchalik Cha poker bilan professional tarzda shugʻullangan va Kaliforniyada oʻzining All In MMA zalini ochgan.
2016 yilda murabbiy Arizonaga koʻchib oʻtdi va Feniksdagi MMA Lab jamoasiga qoʻshildi. Shundan soʻng u faoliyatini Fight Readyʼda davom ettirdi.




