«Sizning qahramonliklaringiz abadiyatda qoladi»: Portugaliya bosh vaziri terma jamoadan ketganidan keyin Ronalduga murojaat qildi
Portugaliya hukumati rahbari Luish Montenegru Krishtianu Ronalduni milliy terma jamoadagi chiqishlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
5-noyabr, 18:34По-русски

Shu kuni avvalroq Portugaliya terma jamoasi sardori xalqaro faoliyatini yakunlayotganini maʼlum qildi. Hujumchi 23 yil davomida milliy terma jamoa sharafini himoya qildi.
Montenegru futbolchiga Instagram orqali murojaat qildi. «Rahmat! Portugaliya terma jamoasi uchun maydonda qilgan barcha ishlaringiz abadiyatda aks-sado beradi. Endi esa, maydondan tashqarida ham, Portugaliyani butun dunyo oldida namoyon etishda davom etyapsiz», — deb yozdi bosh vazir.




