Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Soʻnggi yangiliklar19:18 · AvtosportBredli Lord: Antonellining bolidi marraga yetishiga toʻrt aylanish qolganda poygadan chiqib ketish arafasida boʻlgan19:14 · FutbolXotinlarini ajratishga ulgurmay hushidan ketdi: Misr terma jamoasi bosh murabbiyi OAVdan chetlatildi18:56 · Futbol«Abadiy bizning sardorimiz»: Portugaliya futbol federatsiyasi rahbari Ronaldoga murojaat qildi18:34 · Futbol«Sizning qahramonliklaringiz abadiyatda qoladi»: Portugaliya bosh vaziri terma jamoadan ketganidan keyin Ronalduga murojaat qildi18:17 · Futbol«Barselona» Rafinyaning shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirdi17:53 · Basketbol«Men kasalman»: Viktor Vembanyama 52+24 qayd etib, «Spurs»ga «Dallas» ustidan gʻalaba keltirdi16:56 · FutbolRonaldu Portugaliya terma jamoasi bilan xayrlashdi: «Agar sizga quvonch ulashgan boʻlsam, demak, barchasi bekor emas»15:23 · FutbolKeyn «Bavariya» bilan shartnomasini uzaytirgach, Yevropadagi eng yuqori maosh oluvchi futbolchiga aylandi14:19 · TennisIgnasio Buse Parij Mastersida Daniil Medvedev ustidan qozongan gʻalabasini izohladi13:26 · XokkeyWinnipeg Jets 9 magʻlubiyat seriyasini uzib, NHL tarixidagi rekordni oʻrnatdi13:07 · Futbol«Nasaf» 0:2 hisobidan qaytib, OFK Chempionlar ligasi-2da gʻalaba qozondi12:47 · Boks va MMAUaylder Fyuri — Joshua oqshomining qoʻshma asosiy jangida Opetayaga qarshi chiqadi
Futbol

Xotinlarini ajratishga ulgurmay hushidan ketdi: Misr terma jamoasi bosh murabbiyi OAVdan chetlatildi

Oilaviy janjal Misr terma jamoasi murabbiyi Hossam Hassanga nisbatan media taqiqi joriy etilishiga sabab boʻldi. Mamlakat OAVni tartibga solish boʻyicha Oliy kengashi 60 yoshli murabbiyni barcha platformalardan chetlatdi. Yozda uning xotinlari mol-mulkni boʻlib olish masalasida kelisha olmay, mushtlashib ketgan, oʻshanda Hassan hushidan ketgan edi.

5-noyabr, 19:14По-русски

Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Hossam Hassan endi mamlakatdagi hech bir media platformasida koʻrinish bera olmaydi. Bunday qarorni Misr OAVni tartibga solish boʻyicha Oliy kengashi (SCMR) rasman qabul qildi. Kengash bu qarorni OAV auditoriyani maʼrifatlantirishi kerakligi va shaxsiy hisob-kitoblarni hal qilish maydoniga aylanmasligi lozimligi bilan izohladi.

Bunga yozda yuz bergan mojaro sabab boʻldi. Oʻshanda Hassanning ikki xotini mol-mulkni taqsimlash masalasida janjallashib, mushtlashib ketgan, murabbiyning oʻzi esa mojaro vaqtida hushidan ketgan.

Al Jazeera xabariga koʻra, taqiq milliy terma jamoa matbuot anjumanlariga taalluqli emas, shu bois mutaxassis u yerda chiqish qilishda davom etadi. Yaqinda 60 yoshli Hassan terma jamoa bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirgan edi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing