«Men kasalman»: Viktor Vembanyama 52+24 qayd etib, «Spurs»ga «Dallas» ustidan gʻalaba keltirdi
«San-Antonio» markaziy oʻyinchisi Viktor Vembanyama «Dallas»ga qarshi oʻyinda 52 ochko toʻpladi (112:111) va uchrashuvdan keyin kasal ekanini aytdi.
5-noyabr, 17:53По-русски

Vembanyama uchrashuvni 52 ochko, 24 ribaund va sakkizta blok-shot bilan yakunladi. Shuningdek, uning hisobida ikkita assist, ikkita toʻp olib qoʻyish va bitta toʻp yoʻqotish bor.
Basketbolchi kasalligi sabab soʻnggi vaqtlarda oʻzini yomon his qilganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, «Dallas»ga qarshi oʻyinda oyoq harakatlari avvalgi darajasiga qaytganini his qilgan.




