Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Soʻnggi yangiliklar17:53 · Basketbol«Men kasalman»: Viktor Vembanyama 52+24 qayd etib, «Spurs»ga «Dallas» ustidan gʻalaba keltirdi16:56 · FutbolRonaldu Portugaliya terma jamoasi bilan xayrlashdi: «Agar sizga quvonch ulashgan boʻlsam, demak, barchasi bekor emas»15:23 · FutbolKeyn «Bavariya» bilan shartnomasini uzaytirgach, Yevropadagi eng yuqori maosh oluvchi futbolchiga aylandi14:19 · TennisIgnasio Buse Parij Mastersida Daniil Medvedev ustidan qozongan gʻalabasini izohladi13:26 · XokkeyWinnipeg Jets 9 magʻlubiyat seriyasini uzib, NHL tarixidagi rekordni oʻrnatdi13:07 · Futbol«Nasaf» 0:2 hisobidan qaytib, OFK Chempionlar ligasi-2da gʻalaba qozondi12:47 · Boks va MMAUaylder Fyuri — Joshua oqshomining qoʻshma asosiy jangida Opetayaga qarshi chiqadi12:27 · TennisNovak Jokovich toʻqqiz yildan beri ilk bor ATP yakuniy turnirida yoʻq12:06 · Tennis«Qoʻlimdan kelgancha jamlanishga harakat qildim». Alkaras Parijdagi «Masters» turnirining uchinchi bosqichiga chiqishi haqida11:46 · FutbolChempionlar ligasi: «Real» gʻalabani ilib ketdi, «Como» «Lens»ni 9:1 hisobida tor-mor etdi, «Liverpool» yutqazdi11:23 · BasketbolNyu-York NBAning birinchi yarmida 84 ochko jamlab, 38 yillik rekordni takrorladi4-noyabr, 19:12 · Futbol«Andorra» darvozaboni de Migel bilan toʻqnashuvdan soʻng yigʻladi va ijtimoiy tarmoqlarini yopdi
Futbol

Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan xayrlashdi: «Agar sizga quvonch ulashgan boʻlsam, demak, barchasi bekor emas»

41 yoshli Krishtianu Ronaldu 23 yil davomida safida toʻp tepgan Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi va muxlislarga video murojaat yoʻlladi.

5-noyabr, 16:56По-русски

Hujumchi 7-raqamli futbolkani qaytarib, uni keyingi avlodga topshirishini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, bu qarorni qabul qilish oson boʻlmagan: «Bunday qarorlarni faqat aql bilan emas, yurak bilan ham qabul qilasiz».

Terma jamoadagi yillarini yodga olar ekan, Ronaldu avvalo gollar va sovrinlarni emas, odamlarni esladi. U jamoa ogʻir magʻlubiyatlarni boshdan kechirganini, oʻzi esa mamlakat undan kutgan narsani har doim ham bera olmaganini tan oldi, ammo hech qachon taslim boʻlmaganini aytdi. «Gollar unutiladi, kuboklar muzeylarda turadi, rekordlar yangilanadi. Odamlar qalbida esa joy qoladi», — dedi u.

Jamoa sardori jamoadoshlari, murabbiylar shtabi, tibbiyot xodimlari va oilasiga minnatdorlik bildirdi. U bundan keyin ham terma jamoaga muxlislik qilishga va uning gʻalabalarini oʻziga xos “Siuuu” bilan nishonlashga vaʼda berdi.

«Madeyralik bolaning orzusi roʻyobga chiqishiga yordam berganingiz uchun rahmat. Yettilik saqlanib qoladi. Portugaliya men bilan abadiy», — deya murojaatini yakunladi Ronaldu.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing