«Barselona» Rafinyaning shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirdi
Kataloniya klubi Rafinya bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bitim shartlariga koʻra, braziliyalik futbolchi 2030 yilgacha «Barsa» sharafini himoya qiladi.
5-noyabr, 18:17По-русски

Qanot hujumchisi 2022 yilda «Barselona»ga koʻchib oʻtdi va shu vaqt ichida jamoaning asosiy hujumkor futbolchilaridan biriga aylandi. U joriy mavsumni juda sermahsul oʻtkazmoqda: klub va Braziliya terma jamoasi safida oʻtkazgan 24 uchrashuvda 29 yoshli hujumchi 20 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.




