«Real» «Crvena Zvezda»ni tor-mor etdi, «Zalgiris» Milanda gʻalabani ilib ketdi: Yevroligadagi kun natijalari
Yevroligadagi muntazam chempionatning navbatdagi oʻyin kuni yakunlandi: 12 noyabr kuni oʻtkazilgan beshta uchrashuvda «Makkabi T-A», «Valensiya», «Real Madrid», «Olimpiakos» va «Zalgiris» gʻalaba qozondi.

12 noyabrdan 13 noyabrga oʻtar kechasi jamoalar Yevroliganning 2026/2027 yilgi mavsumidagi muntazam chempionat doirasida beshta uchrashuv oʻtkazdi. «Makkabi T-A» «Xapoel T-A»ni 80:73 hisobida, «Valensiya» esa «Bavariya»ni 102:87 hisobida magʻlub etdi.
«Real Madrid» «Crvena Zvezda»dan 105:84 hisobida ustun keldi, «Olimpiakos» esa «Dubay»ni 101:72 hisobida yutdi. Kunning eng murosasiz kechgan uchrashuvida «Zalgiris» «Olimpiya»dan 86:83 hisobida ustun keldi.
Joriy musobaqa Yevroligadagi zamonaviy davrning 26-mavsumidir. FIBA Yevropa chempionlari kubogini ham hisobga olganda, turnir 69-marta oʻtkazilmoqda. Amaldagi chempion — «Olimpiakos».




