Stiven Karri qariyb bir oy oʻynay olmasligi mumkin
Insayder Shams Charania xabariga koʻra, qorin qiya mushagi yirtilgani sabab Stiven Karri qariyb bir oy oʻynamasligi mumkin. Golden State uning uzoq muddat yoʻqligiga tayyorlanmoqda.
13-noyabr, 13:57По-русски

sports.ru
Karri qorin qiya mushagini jarohatladi. Warriors jamoasida taxminan 14 kundan keyin takroriy tibbiy koʻrik oʻtkaziladi. U tiklanish qanday kechayotgani va reabilitatsiya qancha davom etishini — uch, toʻrt hafta yoki undan koʻproq — koʻrsatishi kerak.
Hozir klub jamoa yetakchisi kamida ikki xonali sondagi oʻyinlarni oʻtkazib yuborishini kutmoqda. Jarohat olguniga qadar Karri har bir oʻyinda oʻrtacha 30 ochko toʻplagan.




