Zverev bir yil ichidagi titullari boʻyicha jahonning birinchi raketkalari orasida antirekordchi
Nemis tennischisi Aleksandr Zverev 2026 yilgi mavsumni jahonning birinchi raketkasi sifatida ikkita titul bilan yakunladi — bu reyting yetakchilari tarixidagi eng past koʻrsatkich.
24-noyabr, 22:03По-русски

championat.com
2026 yilgi mavsumda Zverev «Rolan Garros» va US Open turnirlarida gʻolib chiqdi. Ikki titul yilni jahon reytingida birinchi oʻrinda yakunlagan tennischi uchun antirekord boʻldi.
Avval jahonning birinchi raketkalari orasida mavsumdagi eng past natija toʻrtta sovrin deb hisoblangan. Pit Sampras 1998 yilda, Rojer Federer 2009 yilda, Novak Jokovich 2018 yilda va Rafael Nadal 2019 yilda shuncha titul qoʻlga kiritgan.
Yil davomida reyting yetakchilari orasida eng koʻp titulni ruminiyalik Ilie Nastase qoʻlga kiritgan — 1973 yilda 16 ta.




