Qatardagi UFC: Proxazka va Stirling vazn meʼyoriga sigʻdi, Abdullayev esa yoʻq
Jiri Proxazka va Navajo Stirling Qatar turniri oldidan 205 funtdan vazn koʻrsatdi. Tahir Abdullayev limitdan oshdi, ammo uning Jake Matthewsga qarshi jangi oraliq vaznda oʻtkaziladi.

Shanba kuni Dohada boʻlib oʻtadigan turnir oldidan rasmiy taroziga 24 jangchi chiqdi. Yagona qoidabuzar Tahir Abdullayev boʻldi: u 172 funt vazn koʻrsatdi — yarim oʻrta vazndagi chempionliksiz jang limiti uchun belgilangan meʼyordan 1 funt koʻp. Jake Matthews esa 170 funt chiqdi.
UFC jang oraliq vaznda oʻtkazilishini maʼlum qildi. Abdullayev jarima sifatida gonorarining 20 foizini beradi.
Asosiy jangda Jiri Proxazka va Navajo Stirling yarim ogʻir vazn uchun chempionlik limitiga sigʻdi — har biri 205 funtdan. Ikkinchi asosiy jangda Aljamain Sterling va Kevin Vallejos 145 funtdan vazn koʻrsatdi. Bu janglar asosiy karddan oʻrin olgan.
Ogʻirroq divizionga koʻtarilayotgan Brian Ortega 155,5 funt vazn koʻrsatdi. Uning raqibi Dan Hooker esa 156 funt chiqdi. Asosiy kardda Kyoji Horiguchi, Asu Almabaev, Jared Cannonier va Ikram Aliskerov ham jang qiladi.




