«Barsa» va Braziliya futbol federatsiyasi Rafinya boʻyicha harakatlarni muvofiqlashtirishga kelishib oldi
Kataloniyada yana terma jamoadan jarohat bilan qaytgan futbolchiga duch kelishni istashmayapti. Globo yozishicha, klub va Braziliya futbol konfederatsiyasi Rafinyaning maydonda oʻtkazadigan daqiqalarini birgalikda nazorat qilishga kelishib oldi.

Shunga qaramay, Anchelotti 28 yoshli vingerini noyabrdagi oʻrtoqlik uchrashuvlari uchun tarkibga kiritdi. Braziliyaliklar 14-kuni Yaponiya bilan, bundan uch kun oʻtib esa Singapur bilan oʻynaydi.
Rafinyaning terma jamoa safidagi avvalgi yigʻinlari yaxshi yakunlanmagan. U sentabrda ham, oktabrda ham oʻng oyogʻining son orqa payi shikastlangan holda Barselonaga qaytgan. Oʻshanda Joan Laporta milliy terma jamoalar uchrashuvlari uchun tanaffus uch haftagacha choʻzilganidan omma oldida norozilik bildirgan edi.




