FIFPro «Bavariya»ning Musiala haqidagi bayonotlarini bosim deb atadi
FIFPro «Bavariya» rahbariyatining Jamal Musialaning jarohatdan tiklanishi paytida shartnomasi haqidagi bayonotlarini muvofiqlashtirilgan bosim deb atadi.

Tashkilotga koʻra, «Bavariya»ning faxriy prezidenti, bosh direktori va sobiq bosh direktori qisqa vaqt oraligʻida futbolchining shartnomasini ochiqchasiga shubha ostiga qoʻygan. FIFPro fikricha, bu Musiala va uning vakillari bilan ehtimoliy muzokaralar arafasida amalga oshirilgan.
FIFPro klubni shartnoma masalalarini futbolchi va uning vakillari bilan yopiq tarzda muhokama qilishga chaqirdi. Tashkilot futbolchining kelajagi borasidagi noaniqlik, ayniqsa jarohatdan tiklanish paytida, uning ruhiy holatiga salbiy taʼsir qilishi mumkinligini taʼkidladi.
Shuningdek, FIFPro jarohat yoki sport formasining pasayishi klubga kelishilgan shartlarni qayta koʻrib chiqish uchun asos bermasligini qayd etdi. Tashkilot shartnomaviy munosabatlar barqarorligini futbolning futbolchilar va klublarni himoya qiluvchi asosiy tamoyillaridan biri deb atadi.




