Konor Makdevid Gretzkini ortda qoldirib, «Edmonton»ning ustunlikdagi ochkolar rekordini yangiladi
«Edmonton Oilers» hujumchisi Konor Makdevid «Florida Panterz»ga qarshi oʻyinda ustunlikda 2 (1+1) ochko olib, Ueyn Gretzkini ortda qoldirdi.
18-noyabr, 15:33По-русски

championat.com
«Edmonton Oilers» «Florida Panterz»ni 5:2 hisobida magʻlub etdi. Makdevid ustunlikda bir gol urib, bir golli uzatma berdi va kanadalik klubdagi faoliyati davomida bunday vaziyatlarda jamgʻargan ochkolari sonini 441 taga yetkazdi.
Jamoa sardori «Edmonton» safida ustunlikda 439 ochko toʻplagan Ueyn Gretzkining natijasidan oʻzib ketdi. Makdevid hisobida bunday vaziyatlarda 102 ta gol va 339 ta golli uzatma bor.
Joriy mavsumda forvard 23 uchrashuvda 55 (13+42) ochko toʻpladi. Uning chempionat boshidan beri davom etayotgan ochkoli seriyasi ham 23 ta oʻyinni tashkil etmoqda.




