Makgregor UFCdagi navbatdagi jangidan keyin qoʻlqopsiz janglarga oʻtmoqchi
UFCning sobiq chempioni Konor Makgregor navbatdagi UFC jangidan keyin MMAni qoʻlqopsiz janglarga almashtirishi mumkinligini aytdi.

Irlandiyalik jangchining aytishicha, unga bu format juda yoqadi. U bunday janglarni zerikarli deb hisoblamaydi va ular hayajonli, xavfli hamda chinakam jasoratni talab qilishini tan oladi. Shu bilan birga, Makgregor haqiqiy yaxshi MMA jangidan ustun kelish qiyinligini taʼkidladi. U qoʻlqopsiz janglarga boʻlgan qiziqishi oxirgi marta aralash yakkakurashlarda omadsiz ishtirok etgani bilan bogʻliq boʻlishi mumkinligini ham kinoya bilan taxmin qildi.
«Navbatdagi jangimdan keyin qoʻlqoplarimni yigʻishtirishim ehtimoli katta, ammo bu faoliyatimni yakunlash uchun emas», — deya taʼkidladi jangchi.
Makgregor soʻnggi jangida Maks Xolloueyga qarshi oktagonga chiqqan. Birinchi raundda u tizzasini jarohatlab, texnik nokaut bilan magʻlub boʻlgan. Navbatdagi jang irlandiyalik jangchining UFC bilan amaldagi shartnomasi doirasidagi soʻnggi jangi boʻladi.




