Svitolina Sabalenkoni magʻlub etib, WTA yakuniy turniri yarim finaliga chiqdi
Dunyoning oltinchi raketkasi Elina Svitolina Arina Sabalenkoni magʻlub etib, WTA yakuniy turniri guruhida ikkinchi oʻrinni egalladi.

Guruh bosqichining uchinchi turida Svitolina Sabalenkoni 6:3, 3:6, 6:1 hisobida magʻlub etdi. Bu natija uni yarim finalga olib chiqdi.
Uchrashuvgacha Svitolina Sabalenkoga qarshi oʻzaro bahslarda 1:6 hisobida ortda edi. Tennischining taʼkidlashicha, Avstraliyadagi magʻlubiyatdan keyin saboq chiqargan: bu safar kortda yaxshiroq harakatlangan, kerakli zarbalarni topgan va raqibasi taqdim etgan imkoniyatlardan foydalangan.
Guruhdagi birinchi uchrashuvdagi omadsizlikdan soʻng Svitolina ruhiy holatini oʻzgartirib, yanada tajovuzkor oʻynay boshladi. «Bu bor kuchni safarbar etib, har bir geymni soʻnggisidek oʻynash kerak boʻlgan turnir», — dedi u.




