Mirra Andreyeva WTA turnirida ketma-ket ikkinchi gʻalabasini bir setni 6:0 yutib qayd etdi
Dunyoning uchinchi raketkasi Mirra Andreyeva Arina Sobolenkoni 6:4, 6:0 hisobida yengib, WTA yakuniy turnirining yarim finaliga muddatidan oldin chiqdi.
12-noyabr, 13:06По-русски

championat.com
Guruh bosqichining ikkinchi uchrashuvida Andreyeva Belarus vakili Arina Sobolenkoni magʻlub etdi: u raqibasiga birinchi setda toʻrt geymni boy berdi, ikkinchi setda esa birorta ham geym bermadi.
Turnirning dastlabki uchrashuvida rossiyalik tennischi ukrainalik Elina Svitolinani xuddi shu hisobda yenggandi. Andreyeva chexiyalik Karolina Muxova bilan boʻladigan uchrashuv natijasidan qatʼi nazar, guruhda birinchi oʻrinni egallashini kafolatladi. Muxova esa yarim finalga chiqish imkoniyatidan mahrum boʻldi.




