Misr futbol federatsiyasi xotinlari bilan bogʻliq janjaldan soʻng Hossam Hassanni isteʼfoga chiqardi
Misr futbol federatsiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyi Hossam Hassan bilan hamkorlikni tugatdi. Bunga mutaxassisning xotinlari bilan bogʻliq janjal sabab boʻldi.
8-noyabr, 15:44По-русски

eltiempo.com
Federatsiya murabbiyning ishdan boʻshatilganini bir kun avval eʼlon qildi. Rasmiy bayonotda soʻnggi voqealar milliy terma jamoaning imiji va barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatgani aytilgan. Bundan sal oldin Hassan ommaviy axborot vositalari bilan muloqot qilishdan chetlatilgandi.
Terma jamoaga Ali Maher boshchilik qiladi.
Isteʼfo Misr jamoasi tarixidagi eng muvaffaqiyatli turnirdan keyingi davrga toʻgʻri keldi. 2026 yilgi jahon chempionatida Hassan boshqargan jamoa ilk bor guruh bosqichidan chiqib, nimchorak finalgacha yetib bordi. U yerda jamoa Argentinaga yutqazdi.




