Mitch Jonson Vembanyamani faol oʻyini uchun maqtadi: «Bu unga ritm topishga yordam beradi»
«San-Antonio» bosh murabbiyi Mitch Jonson Viktor Vembanyamani «Nyu-Orlean» ustidan 114:91 hisobidagi gʻalabali oʻyindagi agressiv harakatlari uchun maqtadi.
23-noyabr, 11:39По-русски

sports.ru
«San-Antonio» «Nyu-Orlean»ni magʻlub etdi, Vembanyama esa 50 ochko, 19 ta ribaund, 5 ta blok-shot va 4 ta toʻp olib qoʻyishni qayd etdi. Fransiyalik basketbolchi uchrashuvning birinchi yarmidayoq 32 ochko jamgʻardi.
Jonson markaziy oʻyinchi dastlabki daqiqalardanoq hujumda faol harakat qilishga — maydonda boʻshliq egallash va halqa tomon borishga — intilganini taʼkidladi. Murabbiyga koʻra, bunday yondashuv shunday isteʼdodga ega oʻyinchilarga nafaqat zarbalarda, balki oʻyinning boshqa harakatlarida ham oʻz ritmini topishga yordam beradi.




