Linda Noskova WTA yakuniy turnirida Petra Kvitovaning natijasini takrorladi
Opta Ace maʼlumotlariga koʻra, Noskova 2011 yildan beri debyut qilgan ilk yakuniy turniridayoq yarim finalga chiqqan eng yosh tennischi boʻldi.
12-noyabr, 18:42По-русски

championat.com
Chexiyalik tennischi Linda Noskova WTA yakuniy turnirida ilk bor qatnashayotganiga qaramay, yarim finalga yoʻl oldi. U amerikalik Kori Gauffni 6:3, 6:3 hisobida magʻlub etdi.
Bundan avval bunday natijaga uning vatandoshi Petra Kvitova erishgandi. Uimbldonning ikki karra chempioni boʻlgan Kvitova ham 2011 yilda oʻzining ilk yakuniy turnirida yarim finalga chiqqan.
Noskova 2026 yilda Uimbldon turnirida gʻolib chiqdi va hozir jahon reytingida sakkizinchi oʻrinda bormoqda. Guruh bosqichining soʻnggi uchrashuvida u amerikalik Jessika Pegula bilan oʻynaydi.




