«Neftchi» 0:2 hisobidan qaytib, «Al-Hilol» bilan durang oʻynadi
Fargʻona «Neftchi»si «Al-Hilol»ga 0:2 hisobida yutqazayotgan edi, ammo 2026/2027-yilgi AFC Chempionlar ligasi Elitasi 5-turida ikkinchi boʻlimda hisobni tenglashtirdi.

Saudiya klubi 21-daqiqada Ibrohimxalil Yuldoshevning xatosidan soʻng oldinga chiqdi: Ollie Uotkins ortga uzatilgan pasni olib qoʻyib, Botirali Ergashev darvozasini ishgʻol qildi. Koʻp oʻtmay Uotkins Gabriel Martinelliga uzatma berdi, u 28-daqiqada mehmonlar ustunligini ikki baravar oshirdi.
Tanaffusdan keyin «Neftchi» hisobdagi farqni qisqartirdi. 50-daqiqada Ikromjon Alibayevning uzatmasidan soʻng Abrobek Ismoilov toʻpni darvozaga qoʻshimcha zarba bilan yoʻlladi. Alisher Odilov jarima zarbasidan keyin urgan gol esa ofsayd sabab bekor qilindi.
Fargʻona jamoasi 70-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Odilovning zarbasidan soʻng toʻp «Al-Hilol» himoyachisi Yusuf Akchichekning koʻkragidan qaytib, darvozaga kirdi. Uchrashuv oxirida mezbonlar gʻalabani ilib ketishi mumkin edi, ammo Kalidu Kulibali Kofi Kuauning zarbasini toʻsib qoldi. Jamoalar bir ochkodan oldi.




