Littler Grand Slam of Darts turniridan chiqib ketdi
Amaldagi chempion Lyuk Littler Grand Slam of Darts turnirining ikkinchi raundida Jermaine Wattimenaga 8:10 hisobida yutqazdi. Niderlandiyalik sportchi turnirning chorak finaliga chiqdi.

Grand Slam of Darts turnirining amaldagi chempioni Lyuk Littler Vulverhemptondagi musobaqaning ikkinchi raundida magʻlub boʻldi. Niderlandiyalik Jermaine Wattimena (16-raqam ostida saralangan) uni 10:8 hisobida yengdi.
Wattimena ketma-ket oltita legda gʻalaba qozonib, 7:2 hisobida oldinga chiqdi. Yakunda Littler deyarli hisobni tenglashtirdi, biroq niderlandiyalik ustunligini saqlab qoldi: 20 lik dubl orqali 77 ochkoni yopdi va faoliyatida ikkinchi marta chorak finalga chiqdi. Uning oʻrtacha natijasi 101,70 ochkoni tashkil etdi, shuningdek, u 10 ta maksimum qayd etdi. Uchrashuvdan soʻng 38 yoshli Wattimena koʻz yoshlarini tiya olmadi va bu oʻyinni ushbu sahnadagi faoliyatidagi eng yaxshisi deb atadi.
Gerwyn Price (4) Ryan Searleni (13) 10:7 hisobida magʻlub etdi, uning oʻrtacha natijasi 103,31 ochko boʻldi. Chorak finalda uelslik dartchi germaniyalik Niko Springer bilan oʻynaydi. Springer sobiq jahon chempioni Rob Crossni aniq checkoutlar (48 foiz) evaziga 10:8 hisobida magʻlub etdi.
Chorshanba kungi natijalar: Cross — Springer — 8:10 Price (4) — Searle (13) — 10:7 Littler (1) — Wattimena (16) — 8:10




