«Real» Ronalduning terma jamoadan ketishiga eʼtibor bermadi. U klub tarixidagi eng yaxshi toʻpurar
41 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi, biroq «Real» hozircha bu haqda post eʼlon qilmadi.
6-noyabr, 14:16По-русски

Anish Morarji from St Albans, England / Wikimedia Commons
Yangilik tayyorlanayotgan paytda Madrid klubi na rasmiy saytida, na ijtimoiy tarmoqlarida bayonot joylashtirgan edi.
Ronalduning toʻp surgan boshqa jamoalari — «Sporting», «Manchester Yunayted», «Yuventus» va «Al-Nassr» — unga bagʻishlangan postlarni eʼlon qildi.
Ronaldu «Real» tarixidagi eng yaxshi toʻpurar boʻlib qolmoqda. U Madrid jamoasi safida 438 ta oʻyin oʻtkazib, 450 ta gol urgan.




