Kayla Harrison UFC chempionlik unvonini ilk bor himoya qildi
Amerikalik Kayla Harrison braziliyalik Amanda Nunesni UFC 334 turnirining toʻrtinchi raundida boʻgʻuvchi usul bilan yengib, kamarini ilk bor himoya qildi.
16-noyabr, 11:02По-русски

championat.com
Jang Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden arenasida boʻlib oʻtdi va UFC 334 turnirining qoʻshasosiy jangi boʻldi. Harrison UFCdagi faoliyati davomida ayollar bantamvazn toifasidagi chempionlik unvonini ilk bor himoya qildi.
36 yoshli sportchi professional MMA faoliyatini 2018-yilda boshlagan. Bungacha u dzyudoda katta yutuqlarga erishgan: 2012 va 2016-yillardagi Olimpiya oʻyinlarida gʻolib boʻlgan, shuningdek, 2010-yilda jahon chempioniga aylangan. Nunes ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng uning professional MMA rekordi 19 gʻalaba va ikki magʻlubiyatdan iborat.




