Topuriya Getjidan uchralgan magʻlubiyat haqida ilk bor gapirdi: «Bundan yomoni nima boʻlishi mumkin? Faqat oʻlim»
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni iyun oyida Jastin Getjidan uchralgan magʻlubiyati haqida ilk bor batafsil gapirib, oʻsha jang faoliyatidagi eng yomon kun boʻlganini aytdi. Jangchi 2027-yil bahorida oktagonga qaytishni rejalashtirmoqda.

Iliya Topuriya UFC White House turnirining asosiy jangida Jastin Getjiga yutqazdi: jang toʻrtinchi raunddan keyin burchak qarori bilan toʻxtatildi. Ungacha Topuriya professional faoliyatida magʻlub boʻlmagan.
Jangdan keyin sportchi matbuot bilan deyarli muloqot qilmadi. UFC rahbari Dana Uaytning soʻzlariga koʻra, tashkilot Topuriyaning 2027-yil boshida qaytishini rejalashtirmoqda. Jangchining oʻzi esa aprel oyidan boshlab yana janglarda qatnashishni koʻrib chiqayotganini aytdi.
Topuriya soʻnggi besh-olti oy davomida magʻlubiyatining sabablarini tushunishga harakat qilganini tan oldi va uni faoliyatidagi eng yomon kun deb atadi. Shu bilan birga, ikki vazn toifasida sobiq chempion keyingi jangidan soʻng faoliyatini yakunlashi mumkinligini ham aytdi.
Topuriya qaytishi uchun eng koʻp istayotgan raqib sifatida Paddi Pimblettni koʻrsatdi. Eʼlon qilingan intervyu parchasida u shunday dedi: «Men uni oʻzi boʻlgan sosiskadek yeb qoʻyaman». Jangning aniq sanasi va uni tashkil etish tasdiqlangani haqida maʼlumot berilmagan.




