AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi Pochettino «Manchester Yunayted»ni boshqarishi mumkin
Hozirda AQSh terma jamoasiga rahbarlik qilayotgan Maurisio Pochettino Maykl Karrikning «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi lavozimidagi ehtimoliy vorislari qatorida tilga olinmoqda. Bu haqda The Guardian yozdi.

Nashr maʼlumotlariga koʻra, Karrikning isteʼfosi yaqin kunlardayoq yuz berishi mumkin: klubda jamoaning oʻyinlaridan norozi. «Qizil iblislar» APLda ketma-ket sakkiz turdan beri gʻalaba qozona olmayapti. Sakkiz ochko jamgʻargan jamoa 18-oʻrinda bormoqda va quyi ligaga tushib ketish zonasida joylashgan.
Karrikning oʻrniga asosiy daʼvogar avval «Nyukasl»ni boshqargan Eddi Xou hisoblanadi. Biroq klubda 54 yoshli argentinalik mutaxassis nomzodi ham muhokama qilinmoqda. Pochettino avgust oyida AQSh terma jamoasi bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirgan edi, ammo jurnalist Ben Jeykobsning taʼkidlashicha, kelishuvda shartnomani bekor qilish uchun tovon puli koʻrsatilgan band bor. Uning maʼlumotiga koʻra, «MYu» bu imkoniyatdan foydalanishga tayyor.
Pochettino AQSh terma jamoasini 2024 yil sentyabridan beri boshqarib kelmoqda. 2026 yilgi uy mundialida AQSh terma jamoasi 1/8 finalgacha yetib bordi va bu bosqichda Belgiyaga yirik hisobda — 1:4 hisobida yutqazdi.




