Jangdan boshqa hamma narsa: Stiven Tompson anime ishqibozi
Stiven Tompson animega koʻp yillik mehr-muhabbati haqida gapirdi. UFC 334’da u faoliyatidagi soʻnggi jangini Charlz Radtkega qarshi oʻtkazadi.
13-noyabr, 21:24По-русски

mmafighting.com
Stiven Tompson UFC 334 turnirida faoliyatida soʻnggi marta oktagonga chiqadi. Madison Square Gardenʼda uning raqibi Charlz Radtke boʻladi, jang oldidan rekordi esa 17-9-1.
Tompson soʻnggi uchta jangida Shavkat Raxmonov, Xoakin Bakli va Gabriel Bonfimga yutqazdi. Uning eʼtiborga molik gʻalabalari qatorida Kevin Holland, Jeff Neal, Robert Whittaker, Vicente Luque, Jorge Masvidal, Rory MacDonald va Johny Hendricks ustidan qozonilgan gʻalabalar bor.




