Zverev ATP yakuniy turnirining guruh bosqichida yutqazgan geymlar soni boʻyicha shaxsiy rekordini oʻrnatdi
Dunyoning birinchi raketkasi va “Katta dubulgʻa” turnirlarining ikki karra gʻolibi, germaniyalik tennischi Aleksandr Zverev joriy ATP yakuniy turnirining guruh bosqichida raqiblariga atigi 26 geym boy berdi.
20-noyabr, 18:54По-русски

championat.com
Bu uning mazkur musobaqadagi toʻqqizta ishtiroki davomida qayd etgan eng yaxshi natijasidir. Nemis tennischisi avvalgi rekordini 2024-yilda oʻrnatgan va oʻshanda 27 geymda magʻlub boʻlgan. Bu haqda OptaAce statistik xizmati X ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qildi.
Zverev guruhdagi uchala uchrashuvning barchasida gʻalaba qozondi. Uning faoliyatida yakuniy turnirda bunday holat ikkinchi bor kuzatildi.
Yarim finalda germaniyalik tennischi Daniil Medvedev (Rossiya) — Frensis Tiafo (AQSh) juftligi gʻolibiga qarshi kortga chiqadi.




