AQSh ayollar xokkey terma jamoasi Kanadani yengib, 12-marta jahon chempioni boʻldi
AQSh Herningda ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati finalida Kanadani 6:2 hisobida magʻlub etdi. Amerikalik xokkeychilar turnirda 12-marta gʻolib boʻldi.
17-noyabr, 11:38По-русски

matchtv.ru
Daniyaning Herning shahrida boʻlib oʻtgan final uchrashuvi AQSh jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi. Periodlar boʻyicha hisob 1:1, 2:0, 3:1 boʻldi.
Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati tarixida faqat AQSh va Kanada terma jamoalari gʻolib chiqqan. 2027-yilda turnir noyabr oyida Kanadaning Kvebek shahrida oʻtkaziladi.




