Taunsend va Sinyakova WTA yil yakuni turnirining juftlik bahslarida gʻolib boʻldi
Amerikalik Teylor Taunsend va Chexiya vakili Katerjina Sinyakova 2026 yilgi WTA yil yakuni turnirining juftlik bahslarida chempion boʻldi. Finalda ular italiyalik Sara Errani va Jasmine Paolinini 6:4, 6:3 hisobida magʻlub etdi.

Uchrashuv 1 soat 46 daqiqa davom etdi. Gʻoliblar ikkita eys qayd etdi, uchta qoʻshaloq xatoga yoʻl qoʻydi va sakkizta breyk-poyntdan toʻrttasidan foydalandi. Italiyaliklar esa birorta ham eys qayd etmadi, bitta qoʻshaloq xatoga yoʻl qoʻydi va toʻrtta breyk-poyntdan ikkitasidan foydalandi.
Taunsend va Sinyakova yil yakuni turnirida juftlik sifatida ilk bor gʻalaba qozondi. Ular 2024 yilda ham finalda oʻynagan, biroq oʻshanda ikkinchi oʻrin bilan kifoyalangan. Bir yil avval esa kubokni rossiyalik Veronika Kudermetova va belgiyalik Elize Mertens qoʻlga kiritgan.




