Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Soʻnggi yangiliklar09:38 · Boks va MMAJosh Hokit UFCʼning yarim ogʻir vazniga oʻtishiga ishora qildi26-noyabr, 21:52 · Boks va MMAOʻzbekiston chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari Jahon kubogida medallarni qoʻlga kiritdi26-noyabr, 21:35 · FutbolRonaldu «Al-Sadd» darvozasiga penaltidan faoliyatidagi 987-golini urdi26-noyabr, 21:12 · Boks va MMAKemeron Jeyk Polning MVP kompaniyasi bilan shartnomani uzaytirishga kelishdi26-noyabr, 20:48 · XokkeyMitch Marner NHLda 762 oʻyinda 600 ta uzatmaga erishdi — tezlik boʻyicha 15-oʻrin26-noyabr, 20:31 · BasketbolBoston Washingtonni yengib, NBAda magʻlubiyatlar seriyasini toʻxtatdi26-noyabr, 20:10 · BasketbolLaMelo Ball joriy mavsumda himoyaviy reyting boʻyicha NBAning atigi besh nafar oʻyinchisidan ortda26-noyabr, 19:51 · AvtosportFernando Alonso: «Hozirgi dvigatel bilan Aston Martin raqobatbardosh boʻla olmaydi»26-noyabr, 19:34 · Tennis«Qabulda bunday oʻyinni faqat Jokovich koʻrsatgan»: Roddik — Karlos Alkaras haqida26-noyabr, 19:33 · BasketbolBoston bosh murabbiyi NBAning 11 karra chempioni Fil Jekson natijasini takrorladi26-noyabr, 19:32 · FutbolBavariya sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar fonida Musialani qoʻllab-quvvatladi26-noyabr, 17:27 · AvtosportJolyon Palmer: Fred Vasserning Ferrariʼdagi choralari tugab bormoqda
Boshqa sport turlari

Chusovitina 51 yoshida 2028 yilgi Olimpiadaga tayyorlanmoqda: «Kvalifikatsiyadan oʻtsam — yoqimli bonus boʻladi»

Oksana Chusovitina 2028 yilgi Olimpiadaga ehtimoliy kvalifikatsiya uchun mashq qilayotganini, biroq uni asosiy maqsad deb hisoblamasligini aytdi.

18-noyabr, 15:53По-русски

Read in English

sports.ru

Hozir gimnastikachi tiklanish davrini boshdan kechirmoqda. U vaqtining asosiy qismini oʻz sport maktabiga ajratmoqda. Sportchining soʻzlariga koʻra, u Olimpiadaga tayyorgarlikni toʻxtatmagan, ammo bunga xotirjam, bosimsiz, shaxsiy maqsad sifatida qarayapti.

«Men shunchaki urinib koʻrmoqchiman. Mashq qilyapman, lekin bunga haddan tashqari berilib ketmayman: amalga oshmasa — amalga oshmaydi, hayot shu bilan tugamaydi. Agar Olimpiya litsenziyasini olsam, bu yoqimli bonus boʻladi», — dedi Chusovitina.

U bu yilgi jahon chempionatini ataylab oʻtkazib yubordi. Turnir reyting ochkolarini bermasdi va Olimpiadaga yaqinlashtirmasdi, unda qatnashish uchun esa yana bir tayyorgarlik siklidan oʻtish kerak boʻlardi. Gimnastikachi kuchini asrashga va toʻlaqonli tayyorgarlikni keyingi mavsumdan boshlashga qaror qildi. Agar saralashdan oʻtsa, 2027 yilgi jahon chempionatiga borishni rejalashtirmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Chusovitina soʻnggi jahon chempionatida qoʻllangan hakamlikdagi sunʼiy intellekt haqida ham fikr bildirdi. Koʻplab gimnastlarga elementlarning murakkabligi hisoblanmaganidan, ular bu elementlarni yaqqol bajargan boʻlsa-da, hayratlanganini aytdi. Sportchining fikricha, sunʼiy intellekt gimnastikani haddan tashqari dasturlashtirib yubormoqda, inson omili esa atlet foydasiga ishlashi kerak. «Aynan sport gimnastikasida men sunʼiy intellektni qoʻllab-quvvatlamayman», — deya taʼkidladi u.

Chusovitina avval bajargan murakkab sakrashlarni dasturga qaytarishni hamon istaydi. Hozircha bunga kichik jarohatlar xalaqit bermoqda, shu sababli u kelasi yildan boshlab sogʻligʻini sinchiklabroq kuzatishni rejalashtirmoqda. Gimnastikachi mashgʻulot rejasini qayta koʻrib chiqadi: tayanib sakrashga koʻproq vaqt ajratadi, ayrim kunlari esa ikki mahal mashq qiladi. «Kuchim bor, buni his qilyapman, shuning uchun hech qanday toʻsiqni koʻrmayapman», — deya qoʻshimcha qildi u.