FIA xodimlarga Formula-1ning Yaqin Sharqdagi bosqichlarida qatnashmaslikka ruxsat berdi
FIA oʻz xavfsizligidan xavotir olayotgan xodimlarga Qatar va Abu-Dabi Gran-prilarini tashkil etishda ishtirok etmaslikka ruxsat berdi, garchi Formula-1 ushbu bosqichlarni oʻtkazishni rejalashtirayotgan boʻlsa ham.
13-noyabr, 16:29По-русски

championat.com
Rejaga koʻra, mavsum ketma-ket uchta poyga bilan yakunlanadi: Las-Vegasdan keyin jamoalar Qatarga, u yerdan esa Abu-Dabiga uchib boradi. Biroq mart oyida AQSh va Eron oʻrtasida urush boshlandi va Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi sabab poygalar taqvimi xavf ostida qoldi.
Muqobil variant sifatida Imola tilga olinmoqda. Agar Formula-1 Qatarga va Abu-Dabiga borish xavfli, degan qarorga kelsa, Italiyadagi trassa dekabr boshida bosqichlardan biriga mezbonlik qilishi mumkin.




