Lorenzo Musetti Stokgolmdagi ATP-250 turnirining chorakfinaliga chiqdi
Dunyoning 25-raketkasi Lorenzo Musetti 95-raketka Tobi Samuelni 6:1, 6:4 hisobida yengib, Stokgolmdagi turnir chorakfinaliga chiqdi.
11-noyabr, 16:18По-русски

championat.com
Musetti ikkinchi davra uchrashuvini 1 soat 11 daqiqada yakunladi. Italiyalik tennischi ikkita eys qayd etdi, bir marta qoʻsh xatoga yoʻl qoʻydi va yettita breyk-poyntdan uchtasidan foydalandi.
Samuel ikkita eys qayd etdi, toʻrtta qoʻsh xatoga yoʻl qoʻydi va birorta ham breyk-poyntga ega boʻlmadi. Musetti chorakfinalda Borna Gojo — Ugo Humbert uchrashuvi gʻolibiga qarshi kortga chiqadi.




