“Arsenal” APL bahsida “Nyukasl Yunayted”dan magʻlub boʻlmadi
“Nyukasl Yunayted” va “Arsenal” APLning 11-turida 2:2 hisobida durang oʻynadi. Londonliklar 28 ochko bilan birinchi oʻrinni saqlab qoldi, mezbonlar 13 ochko bilan 12-oʻrinda.
23-noyabr, 17:53По-русски

championat.com
“Sent-Jeyms Park” stadionidagi bahs sermahsul durang bilan yakunlandi. Eberechi Eze 33-daqiqada “Arsenal”ni oldinga olib chiqdi, biroq tanaffusdan keyin Harvi Barnes hisobni tenglashtirdi. 62-daqiqada Malik Tshau mezbonlarni oldinga olib chiqdi, Chukvunonso Madueke esa 78-daqiqada yakuniy hisobni oʻrnatdi.
29 noyabr kuni navbatdagi turda “Nyukasl Yunayted” safarda “Brayton end Xouv Albion” bilan, “Arsenal” esa oʻz maydonida “Manchester Siti” bilan oʻynaydi.




