Stiven Karri: «Bu faoliyatimdagi soʻnggi shartnoma boʻlishi mumkin»
«Golden Steyt» pleymeykeri Stiven Karri sentyabrda imzolangan ikki yillik, 116 million dollarlik uzaytirilgan shartnoma faoliyatidagi soʻnggi kelishuv boʻlishi mumkinligini aytdi.
18-noyabr, 13:38По-русски

sports.ru
Kelishuv 2028/29-yilgi mavsum oxirigacha amal qilishi mumkin. Shu bilan birga, Karri kelajakda ham oʻynashda davom etishini va jamoada yordamchiroq rolni qabul qilishini istisno qilmadi.
Basketbolchi qarorlarni vaziyat va gʻalaba qozonishga intilishini hisobga olgan holda qabul qilishga tayyorligini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, rolning ehtimoliy qisqarishi uning gʻururiga tegmaydi.




