Utah yetakchisi Lauri Markkanen bilagini sindirdi — Charania
Utah Jazz forvardi Lauri Markkanen oʻng bilagini siljishsiz sindirdi va kamida bir oy maydonga tusha olmaydi, deya xabar berdi ESPN jurnalisti Shams Charania.
12-noyabr, 12:26По-русски

championat.com
Charania maʼlumotiga koʻra, sinish suyak siljishi bilan kechmagan. Markkanenning tiklanish muddati aniq aytilmagan, biroq jurnalist manbalariga koʻra, u kamida bir oy oʻynamaydi.
Markkanen 2017 yilgi NBA draftida birinchi raundda umumiy yettinchi raqam ostida tanlangan. 2017 yildan 2024 yilgacha u ketma-ket sakkiz marta Finlandiyaning eng yaxshi basketbolchisi deb topilgan. 2023 yilda Markkanen Finlandiyada yil sportchisi unvonini olgan.




