Gauff WTA yakuniy turnirida Kostyukni magʻlub etdi
Kori Gauff 1-guruhning uchinchi turida Marta Kostyukni 6:4, 7:5 hisobida yengib, yarimfinal imkoniyatini saqlab qoldi. Ukrainalik tennischi turnirni tark etdi.
13-noyabr, 12:52По-русски

matchtv.ru
Indian-Uellsdagi uchrashuv 1 soat 39 daqiqa davom etdi. Ikkinchi setda Gauff 1:5 hisobida ortda borayotgan edi, biroq ketma-ket olti geymni yutib, bahsni oʻz foydasiga yakunladi.
Amerikalik tennischi guruh bosqichini ikki gʻalaba va bir magʻlubiyat bilan tugatdi. Kostyuk uch uchrashuvning barchasida yutqazdi. Guruhdagi soʻnggi uchrashuv Linda Noskova va Jessika Pegula oʻrtasida boʻlib oʻtadi: chexiyalik tennischida ikki gʻalaba, amerikalik tennischida esa bir gʻalaba va bir magʻlubiyat bor.




