Annika Hocke va Robert Kunkel Finlyandiyadagi ISU Gran-pri bosqichida oltin oldi
Germaniyalik juftlik Annika Hocke va Robert Kunkel Xelsinkidagi ISU Gran-pri bosqichida ikki dastur uchun 196,40 ball olib gʻolib boʻldi.
23-noyabr, 15:08По-русски

championat.com
Hocke va Kunkel turnirning beshinchi bosqichida sport juftliklari bahsida birinchi oʻrinni egalladi. Ularning eng yaqin raqiblaridan ustunligi 0,12 ballni tashkil etdi.
Ikkinchi oʻrinni kanadaliklar Lia Pereira va Trennt Misho 196,28 ball bilan oldi. Amerikaliklar Odri Shin va Spenser Akira Hou 193,18 ball toʻplab, kuchli uchlikni yakunladi.




