Jeyson Teytum Bill Rassellni ortda qoldirib, Boston toʻpurarlarida 8-oʻringa chiqdi
Forvard Jeyson Teytum Boston safida 14 528 ochko jamgʻarib, Bill Rassellni ortda qoldirdi va klubning eng yaxshi toʻpurarlari orasida 8-oʻringa koʻtarildi.

Golden Stateʼga 87:88 hisobida magʻlub boʻlinganidan keyin Teytum hisobidagi ochkolar 14 528 taga yetdi. Rassell Boston safidagi faoliyatini 14 522 ochko bilan yakunlagan.
Klub toʻpurarlari roʻyxatini Jon Havlichek 26 395 ochko bilan boshqarmoqda. Keyingi oʻrinlarda Pol Pirs (24 201), Larri Berd (21 791), Robert Parish (18 245), Kevin Makhey (17 335), Bob Kuzi (16 955) va Sem Jons (15 411) bormoqda.
Teytum bu natijani katta sharaf deb atadi. U San-Fransisko Bostonʼdan keyin bunday voqea uchun «ikkinchi eng yaxshi joy» ekanini taʼkidladi, chunki Rassell basketbol, jamiyat va klub uchun juda katta ahamiyatga ega edi.




