Shefer «Kolambus»ga qarshi oʻyinda het-trik qayd etdi
Islanders himoyachisi Metyu Shefer NHLda «Kolambus»ga qarshi 5:1 hisobidagi gʻalabada uchta shayba kiritdi. 19 yoshu 73 kunligida u het-trik qayd etgan ikkinchi eng yosh himoyachi boʻldi.
18-noyabr, 17:05По-русски

sports.ru
Bu Sheferning Islanders safidagi ilk het-triki. U klub tarixida Deni Potven va Jan Potvendan keyin bunday natijaga erishgan uchinchi himoyachi boʻldi.
NHLda himoyachilar orasida Sheferdan yoshroq paytda het-trikni faqat Fil Hausli qayd etgan — u buni 18 yoshu 320 kunligida amalga oshirgan. Metyu joriy mavsumda 20 oʻyinda 24 (9+15) ochko jamgʻardi.




