Tramp Oq uydagi Dana Uaytning matbuot anjumani haqidagi multfilmni eʼlon qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqlarda Oq uydagi uydirma matbuot anjumani haqidagi animatsion rolikni joyladi. Syujetga koʻra, UFC prezidenti Dana Uayt matbuot kotibi lavozimini egallaydi va promoushen jangchilarini oʻziga yordamchi qilib oladi.
9-noyabr, 14:57По-русски

life.ru
Multfilmda noqulay savollar beradigan jurnalistlarning kuni chatoq kechadi. Ular bilan Xabib Nurmagomedov, Islom Maxachev, Kayla Harrison, Amanda Nunes va Jastin Geyji shugʻullanadi. Xabib muxbirlardan birini teykdaun usulida yiqitadi, Maxachev esa boshqasini oʻzi bilan Dogʻistonga olib ketadi.




