Shon OʻMelli Marlon Moraes bilan RAF 16da kurashadi
UFCning bantam vazn toifasidagi sobiq chempioni Shon OʻMelli Real American Freestyle ligasida ilk bor chiqish qiladi: 19-dekabr kuni Uniondeyldagi RAF 16 turnirida u Marlon Moraes bilan kurashadi.
22-noyabr, 18:34По-русски

championat.com
OʻMelli uchun bu RAFdagi debyut boʻladi, Moraes esa ligada ikkinchi jangini oʻtkazadi. Braziliyalik sportchi 14-noyabr kuni Abu-Dabida oʻtkazgan ilk jangida Merab Dvalishviliga yutqazgan.
OʻMelli MMA qoidalari boʻyicha soʻnggi jangini iyun oyida UFC Freedom 250 turnirida oʻtkazdi. U Aymann Zahabini ikkinchi raundda texnik nokaut bilan magʻlub etdi. Yanvar oyida esa amerikalik Song Yadongni hakamlarning yakdil qarori bilan yengdi.




