Oskar Piastri Las-Vegas Gran-prisi startida 10 oʻrin yoʻqotadi
McLaren piloti Oskar Piastri ichki yonuv dvigateli almashtirilgani uchun Las-Vegasdagi poygani 10 oʻrin pastdan boshlaydi.
18-noyabr, 16:27По-русски

championat.com
Piastri uchun bu mavsumdagi beshinchi ichki yonuv dvigateli boʻladi. Almashtirish ishonchlilik muammosi bilan bogʻliq, ruxsat etilgan quvvat qurilmalari sonidan oshib ketish esa start panjarasida avtomatik tarzda jarimaga olib keldi.
McLaren avstraliyalik haydovchi Las-Vegas trassasidagi quvib oʻtish imkoniyatlari tufayli yakshanba kungi poygada yoʻqotgan oʻrinlarini qaytara olishiga umid qilmoqda.




