IIHF CAS qarori ustidan shikoyat qilishga qaror qildi
IIHF kengashi CASning Rossiya terma jamoalarini xalqaro turnirlarga qoʻyish haqidagi qarori ustidan Shveytsariya Federal sudiga shikoyat qiladi.
25-noyabr, 20:00По-русски

sports.ru
30 oktabr kuni CAS IIHFni Rossiya terma jamoalarini xalqaro musobaqalarga qoʻyishga majbur qildi. Federatsiya bu qaror ustidan Shveytsariya Federal sudiga shikoyat qilmoqchi.
IIHF ishni koʻrib chiqqan uch nafar hakamdan ikkitasining mustaqilligi va xolisligiga shubha qilayotganini bildirdi. Federatsiya maʼlumotiga koʻra, hayʼat raisi Giulio Palermo 21–27 sentabr kunlari Moskvada oʻtkazilgan Rossiya xalqaro arbitraj kongressida qatnashgan, Ismail Selim esa 2025 yil may oyida shunga oʻxshash tadbirda boʻlgan.




