Abdulrashid Sadulayev jahon chempioni Trent Xidli bilan bahs olib boradi
Ikki karra erkin kurash boʻyicha Olimpiya chempioni, rossiyalik Abdulrashid Sadulayev Amerikaning Real American Freestyle ligasida yangi raqibga ega boʻldi.

19 dekabr kuni Nyu-York shtatining Long-Aylend shahrida oʻtkaziladigan turnirda u Trent Xidliga qarshi gilamga chiqadi. Bu haqda RAF matbuot xizmati maʼlum qildi.
Bu Sadulayevning ligadagi toʻrtinchi jangi boʻladi. Uning debyuti omadsiz kechgan: rossiyalik kurashchi tizzasidagi jarohat sabab Kayl Snayderga yelkasini gilamga tekkizib magʻlub boʻlgan. Shundan soʻng u Zak Braunagel va Dauren Kurugliyev ustidan ochkolar boʻyicha ikkita gʻalabaga erishdi.
Xidli bu yil 92 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida jahon chempioniga aylandi. Amerikalik kurashchi RAFda hozircha magʻlub boʻlmagan: uning hisobida Jeykob Kardenas, Pet Dauni va Magomedxan Magomedov ustidan qozonilgan gʻalabalar bor.
Dekabr turniri janglari roʻyxatidan yana bir rossiyalik kurashchi — jahon chempioni David Baev ham joy olgan. Unga amerikalik Kuinsi Mondey raqiblik qiladi.




