2026 yilgi jahon chempionati yulduzi Vozinya «Kolo-Kolo» safida Chili chempioni boʻldi
«Kolo-Kolo» Chili chempionatida muddatidan oldin gʻalaba qozondi: mavsum yakuniga qadar yana uch tur bor. Mamlakatning eng koʻp sovrin yutgan klubi «Nyublense»ni 2:1 hisobida magʻlub etib, chempionlikni kafolatladi.

Hal qiluvchi uchrashuv qahramonlaridan biri darvozabon Vozinya boʻldi. Uni 2026 yilgi jahon chempionatida Kabo-Verde terma jamoasi safida yorqin oʻyin koʻrsatganida payqashdi. Kabo-Verde terma jamoasi mundialga ilk bor yoʻllanma olgandi. «Nyublense»ga qarshi uchrashuvda Vozinya asosiy tarkibda maydonga tushdi va soʻnggi soniyalarda muhim seyvni amalga oshirdi. Shundan soʻng hakam darhol yakuniy hushtak chaldi va «Kolo-Kolo» rasman chempionga aylandi.
Darvozabon «Kolo-Kolo» safida Chili chempionatida beshta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi. U toʻrtta gol oʻtkazib yubordi va bir marta darvozasini daxlsiz saqladi. Bu Vozinyaning Kabo-Verde tashqarisidagi ilk sovrini: u avval faqat vatanida chempionlik unvonlarini qoʻlga kiritgan.




