Bekker Alkaras haqida: «U yopiq kortlardagi turnirlarda bunchalik muvaffaqiyatli ishtirok etishini kutmagandim»
Sobiq tennischi Boris Bekker Karlos Alkaras jarohatidan qaytganidan keyin yopiq kortdagi qattiq qoplamada faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni oʻtkazayotganini aytdi.

2026 yilda Alkaras yopiq kortdagi qattiq qoplamada oʻtkazilgan 14 ta uchrashuvning barchasida gʻalaba qozondi. Ispaniyalik tennischi Vena va Parijda chempionlik unvonlarini qoʻlga kiritdi, shundan soʻng Turindagi yil yakuni turnirida magʻlubiyatsiz finalga chiqdi.
«Tarixan u yopiq kortlarda hech qachon oʻzini bunchalik qulay his qilmagan, ammo bu yil nimadir oʻzgardi», — dedi Bekker. Uning fikricha, Alkaras hozir faoliyati davomida yopiq kortlarda koʻrsatgan eng yaxshi tennisini namoyish etmoqda. Sobiq tennischi ispaniyalikning toʻp qabul qilish mahoratini ham taʼkidladi: yopiq kortlarda toʻp ayniqsa tez uchadi, biroq Alkaras bu jihatni yaxshi uddalaydi va jarohat oqibatlariga qaramay, harakatlanishda samaradorligini saqlab qolmoqda.




