ATP reytingi: Frits Xodar oʻrniga kuchli oʻntalikka qaytdi, Ruud yana kuchli yigirmatalikda
ATP Parijdagi «Masters» turniridan soʻng reytingni yangiladi.

Teylor Frits Parijda chorak finalgacha yetib borib, 12-oʻrindan 10-oʻringa koʻtarildi. Shu sababli Rafael Xodar kuchli oʻntalikdan chiqib ketdi va endi 11-oʻrinni egallab turibdi, Novak Djokovic esa 11-oʻrindan 12-oʻringa tushdi.
Kasper Ruud Parijda yarim finalgacha yetib bordi. Norvegiyalik tennischi besh pogʻonaga — 23-oʻrindan 18-oʻringa koʻtarilib, kuchli yigirmatalikka qaytdi.
Kuchli toʻqqizlikda oʻzgarish yoʻq. Reytingni hamon Aleksandr Zverev boshqarmoqda, ikkinchi oʻrinda Yannik Sinner, uchinchi oʻrinda esa Karlos Alkaras.
Eng katta koʻtarilish Rinki Hijikata (83-oʻrindan 59-oʻringa), Kamilo Ugo Karabelli (81-oʻrindan 65-oʻringa) va Luka Van Ashda (47-oʻrindan 34-oʻringa) qayd etildi.




