Vasser — Hamilton va Lekler oʻrtasidagi mojaro haqida: «Ular kabinetdan bir-biriga hazil qilib chiqishdi»»
“Ferrari” rahbari Frederik Vasser Lyuis Hamilton va Sharl Lekler Mexiko Gran-prisidagi keskin kechgan voqeadan keyin yarashib olganini aytdi. Oʻsha poygada haydovchilar trassada bir-biri bilan keskin kurash olib borishgandi.
9-noyabr, 18:08По-русски

sports.ru
San-Paulu Gran-prisidan keyin Skuderiyaning rahbari poygachilar bilan suhbat ijobiy ruhda oʻtganini maʼlum qildi:
«Juma kuni juda yaxshi suhbatlashdik, hamma masalani oxirigacha muhokama qildik. Muhit nuqtayi nazaridan bu muvaffaqiyatli suhbat boʻldi: ular kabinetimdan bir-biriga hazil qilib chiqishdi va bu yaxshi belgidir. Bundan keyin ham shunday boʻlishiga umid qilaman. Qolaversa, payshanbaning oʻzida juda foydali yigʻilish oʻtkazgandik», — dedi Vasser.




