Daniel Cormier Usman Nurmagomedovning Dvalishviliga hujumi haqida ilk bor gapirdi
UFC Shon-sharaf zali aʼzosi Daniel Cormier 11-noyabr kuni Abu-Dabida Usman Nurmagomedovning Merab Dvalishviliga hujumini qoraladi.
13-noyabr, 13:36По-русски

championat.com
Cormierning aytishicha, bu hodisa tufayli Nurmagomedov jiddiy muammolarga duch keladi. U jangchining xatti-harakatini xavfli deb atab, oʻzini boshqarishni oʻrganishga chaqirdi.
Tahlilchi soʻzlariga koʻra, bu Nurmagomedov ishtirokidagi shunday ilk voqea emas: avvalroq u oktagonga sakrab tushgan. Cormier, shuningdek, Xabib Nurmagomedov unga bu qilmish qanchalik notoʻgʻri boʻlganini tushuntiradi, deb taxmin qildi.




