Safonov, Golovin va Batrakov: Rossiya terma jamoasi Toshkentdagi oʻyin uchun tarkibni eʼlon qildi
Rossiya terma jamoasi 12 noyabr kuni Toshkentda Oʻzbekiston bilan, 17 noyabr kuni esa Krasnodarda Venesuela bilan oʻynaydi. Oʻyinchilar-ning yakuniy roʻyxatini Rossiya futbol ittifoqi eʼlon qildi.

Jamoa darvozabonlari — Stanislav Agkatsev, Matvey Safonov va Maksim Borisko. Himoya chizigʻiga Kirill Danilov, Danil Krugovoy, Yevgeniy Morozov, Andrey Langovich, Viktor Melexin, Aleksandr Silyanov, Mingiyan Beveyev, Ilya Vaxaniya, Turpal-Ali Ibishiyev va Maksim Osipenko kiritildi.
Terma jamoa yarim himoyachilari — Kirill Glebov, Matvey Kislyak, Ivan Oblyakov, Danil Prutsev, Nail Umyarov, Danil Glebov, Artem Karpukas, Aleksey Mironov va Aleksey Batrakov. Hujum chizigʻiga Yaroslav Gladyshev, Konstantin Tyukavin, Nikolay Komlichenko, Lechi Sadulayev, Aleksandr Golovin va Aleksey Miranchuk kiritildi.
Sobolev dastlab kengaytirilgan ariza tarkibida boʻlgan, biroq yakuniy roʻyxatga kiritilmadi. FIFA reytingida Oʻzbekiston 59-oʻrinni, Venesuela esa 49-oʻrinni egallab turibdi.




